Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Xeyli prezidentlikka nomzod ko‘rsatishini e’lon qildi
18:53 / 2023-02-14

AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili va Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli 2024 yil bo‘ladigan prezident sayloviga nomzodini ilgari surishini e’lon qildi.

"Men Nikki Xeyli, prezidentlikka nomzodimni ilgari suraman", – deb bayonot bergan u videomurojaatida. Respublikachilardan bo‘lgan Xeylining ta’kidlashicha, “yangi avlod” uchun davr keldi.

O‘tgan yili noyabr oyida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ham 2024 yildagi prezident sayloviga nomzodini ko‘rsatmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Amaldagi Prezident Jo Bayden esa prezidentlik poygasida ishtirok etish niyati borligini aytib, lekin bu haqda hali rasman e’lon qilmagan.