Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Xeyli prezident saylovida ishtirok etmoqchi
18:10 / 2023-02-02

AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili hamda Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidenti saylovida o‘z nomzodini ko‘rsatadi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.

U ushbu qarorini 15 fevralda Charlstonda e’lon qiladi. Xeyli Respublikachilar partiyasidan nomzodini qo‘ymoqchi.  

2022 yil kuzda sobiq Prezident Donald Tramp ham 2024 yilda bo‘ladigan prezident saylovida ishtirok etish rejasini ma’lum qilgan edi. Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda ishtirok etish niyati borligini aytgan bo‘lsada, lekin rasman e’lon qilganicha yo‘q.