French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning bir nechta shtatlarida O‘zbekiston parlamenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda
14:07 / 2024-10-21

Joriy yilning 19 oktyabr kuni mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasi tomonidan Arizona, Florida, Jorjiya, Merilend va Virjiniya shtatlarida O‘zbekiston parlamenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu siyosiy tadbirda Tuson, Feniks, Mesa va Tempa shaharlarida va qo‘shni shtatlarda doimiy va vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz faol ishtirok etishdi. 

Ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari o‘z fuqarolik burchlarini amalga oshirishda alohida jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimiz kelajagiga bee’tibor emasliklarini namoyon etdilar. 

Florida shtatining Orlando shahrida tashkil qilingan ovoz berish jarayonlarida mazkur parlament saylovlarining majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkazilishi siyosiy partiyalar samaradorligini oshirishga, mamlakatimizda demokratik institutlar rolini yanada mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. 

Merilend shtatining Payksvil shahrida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida fuqarolarimiz faol ishtirok etish orqali yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini namoyon qildilar. 

Virjiniya shtatining Feyrfaks, Jorjiya shtatining Atlanta shaharlarida ham vatandoshlarimiz ushbu muhim siyosiy tadbirda jonbozlik ko‘rsatishdi.