AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlardagi g‘alabasini isbotlashga urinmoqda
Sudga berilgan deyarli barcha da’volari rad etilganidan keyin ham AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlardagi o‘zining g‘alabasini isbotlashga va’da berdi.
Oq uy rahbari “Fox News” ga bergan intervyusida Jo Bayden g‘olib bo‘lgan har bir shtatdagi saylovchilar ovozi uchun kurashishini aytdi.
Bundan tashqari, u vakolatlarini qonuniy muddatda topshirishi vaqti kam qolayotgani tufayli bu ishlarni jadallashtirishini ta’kidladi.
Tramp hokimiyatga “noqonuniy prezident” kelishidan xavotirini bayon qilgan. Oq uy rahbari agar “qonuniy ovozlar” hisobga olinsa, o‘zining katta farq bilan g‘olib chiqqanini ta’kidlamoqda.