French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv
11:41 / 2022-05-27

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tomas Vest bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida Amerika tomoni O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuritilayotgan siyosatni yuqori baholadi.

Tomonlar afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatni muvofiqlashtirish va tizimlashtirish zarurligini qayd etdilar. Shu nuqtai nazardan, Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun Termiz shahrida yaratilgan ko‘p funksiyali transport-logistika xabi imkoniyatidan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Afg‘onistonning yangi hukumati keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, inson huquqiga amal qilish, ayollarning asosiy erkinligi, jumladan, ta’lim olishi, harakatlanishi, jamiyat hayotida teng asosda ishtirok etishi bo‘yicha dunyo hamjamiyati talabini bajarishi masalasida davlatlarimiz yondashuvi o‘xshashligi qayd etildi.

Afg‘oniston zamini boshqa hech qachon turli xalqaro terrorchilar boshpanasiga aylanib qolmasligi, mintaqa davlatlari va uchinchi mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, mamlakatda energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida loyihalar amalga oshirish masalasiga kompleks yondashuvni ishlab chiqish muhimligi e’tirof etildi.

O‘zA