Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHlik professor andijonlik talabalarga ma’ruza o‘qidi
13:37 / 2023-10-08

AQSHning Arizona universiteti professori Keyt Braun Andijon davlat universitetida bo‘ldi.

Ma’lumki, Arizona unversiteti dunyodagi eng nufuzli va uzoq tarixga ega universitetlardan biri hisoblanadi. 1885 yilda tashkil etilgan mazkur oliy ta’lim muassasasi bugun jahon universitetlari reytingida THE tizimi bo‘yicha 180- o‘rinni,  QS bo‘yicha 171- o‘rinni egallab turibdi. Ayni kunda o‘zining yirik infratuzilmasiga ega universitetda aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlar, astronomiya, biznes, huquqshunoslik, jurnalistika, tibbiyot va texnologiya yo‘nalishlarida minglab talabalar tahsil oladi.  

[gallery-13908]

Arizona universiteti professori Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo‘ldi, ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.  

Muzokaradan so‘ng AQSHlik olim universitetning sotsiologiya yo‘nalishi talabalari uchun mashg‘ulot o‘tkazdi, “Gender muammolari: ijtimoiy munosabatlarda ayollarning roli tahlili” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Ma’ruza davomida talabalar fanning asosiy nazariyalari, amaliy tadqiqotlar bilan bir qatorda mavzuga yangicha yondashuv, yechimlar, muhim qiyosiy tahlil natijalari haqida keng ma’lumotlar oldi.  

Mashg‘ulotdan so‘ng Arizona universiteti professori Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan ilmiy seminarda qatnashdi. Seminar davomida olim o‘zining tadqiqot yo‘nalishi, ilmiy ishlari, shuningdek, Arizona universitetida sotsiologiya muammolarini tadqiq qilish masalalari xususida gapirib berdi. Seminar davomida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.  

Shundan so‘ng professor Keyt Braun universitet tuzilmasidagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida bo‘lib, muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdi.

 

 F. Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari.