Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
14:58 / 2024-02-09

Buxoroda Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro shahrida 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan shaxsni jinoyat ustida ushladi.

U aldov yo‘li bilan 32 yoshli hamshahrining ishonchiga kirib, unga Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasidan tegishli viza olib, okean ortiga ishga yuborish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qiladi.

U so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri