AQSHga sayohat qiluvchi o‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 12 ming 953 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3 foizga ko‘p.
O‘zbekistonliklarning AQSHga borish sabablari quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 9 236 nafar,
qarindoshlarni yo‘qlash – 3 114 nafar,
o‘qish – 304 nafar,
xizmat safarlari – 273 nafar,
davolanish – 26 nafar.
Hamroz Bayanov,
O‘zA