English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHga qochqinlarni qabul qilish limiti oshiriladi
13:42 / 2021-05-04

AQSH prezidenti Jo Bayden joriy moliyaviy yilda qochqinlarni qabul qilish limitini oshirganini ma’lum qildi.

"Bugun men joriy moliyaviy yilda qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha har yilgi limitni 62,5 ming kishiga oshirishni ko‘rib chiqishni e’lon qildim”, – dedi Jo Bayden.

Baydenning ta’kidlashicha, maqsadi har yilgi qabul qilinadigan qochqinlar sonini 125 ming nafarga yetkazish.

Bundan avval Bayden avvalgi prezident Donald Tramp o‘rnatgan 15 ming kishilik limitni tanqid qilib, qabul qilinadigan qochqinlar sonini oshirishga va’da bergan edi.