Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHdagi vatandoshlar uchun notarial xizmatlar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi
17:12 / 2026-02-25

O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi doirasida joriy yilning 23-24-fevral kunlari Nyu-York shahri hamda Filadelfiya shtatida vatandoshlar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekistonning Nyu-York shtatidagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Uchrashuvda notariat tizimiga joriy qilingan notarial harakatlarni amalga oshirish, ishonchnomalarni rasmiylashtirish, meros va mulkka oid hujjatlar masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, vatandoshlarimizga xorijda turib notarial xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zA