Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHdagi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini “Wisdom” jamoasi himoya qiladi
17:06 / 2025-08-01

Ertaga AQSH poytaxti Vashingtonga yaqin bo‘lgan Aleksandriya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bahslari boshlanadi.

Musobaqada dunyoning 40 dan ziyod davlatidan 55 ta maktab o‘quvchilaridan iborat jamoalar qatnashish uchun talabnomalarni taqdim etgan.  

Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan chempionatda O‘zbekiston sharafini joriy yil shaxmat bo‘yicha “Maktablar ligasi” musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Wisdom” jamoasi himoya qiladi.  

Chempionat nizomiga ko‘ra, o‘yinlar 8 turli shveysarcha tizimda tashkil etiladi.  

Aytish lozim, Xalqaro shaxmat federatsiyasi hamda Xalqaro maktab o‘quvchilari shaxmat federatsiyasi hamkorligida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada AQSHning 4 ta, Qozog‘istonning 6 ta jamoasi ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.  

Mazkur nufuzli musobaqa doirasida 4-5 avgust kunlari shaxmatning maktab ta’limida tutgan o‘rniga doir “SMART MOVES SUMMIT” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.  

Musobaqalar 7 avgustga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA