Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda yuzlab namoyishchilar Falastinni qo‘llab-quvvatladi
10:15 / 2024-06-20

AQSHning Nyu-York shahridagi “Citibank” bosh qarorgohi oldida yuzlab namoyishchilar Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi. Ular Isroilning G‘azoga hujumi moliyalashtirilishi va o‘t ochish zudlik bilan to‘xtatilishini talab qilishdi. Yuzlab kishilar “Citibank, sen yashirolmaysan, sen genotsid qilyapsan!” deya hayqirib, Falastin bilan birdamlik ifodalangan yozuvlar ko‘tarib olgan.

Politsiya odamlardan bino yonida o‘tirishni so‘ragan. Ko‘rsatmaga amal qilmagan ko‘plab namoyishchilar hibsga olingan. 

AQSHda faollar, huquq himoyachilari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ayniqsa talabalar tez-tez Isroilga sarmoya ajratish va G‘azoda o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish, mintaqaga gumanitar yordam ko‘rsatish kabi talablar bilan namoyish uyushtirmoqda.