Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQShda tashkil etilgan “Xalqaro kecha” madaniy tadbirida o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlari namoyish etildi
16:44 / 2019-12-06

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.


AQSh Harbiy havo kuchlari “Makdill” aviabazasida (Tampa shahri, Florida shtati) AQSh Markaziy qo‘mondonligida hamkorlik faoliyatini yuritayotgan ellikdan ortiq davlat vakillari ishtirokida “Xalqaro kecha” nomli tantanali madaniy tadbir tashkil etildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.

Tadbirda ushbu davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari va taomlari namoyishidan dunyoning barcha qit’alaridan tashrif buyurgan uch mingdan ortiq mehmonlar bahramand bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasining AQSh Markaziy qo‘mondonligidagi vakillari podpolkovnik U. Ahmedov va mayor E. Aliev o‘z oilalari bilan birgalikda yuqori ishtiyoq va tashabbus ko‘rsatib, o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlarini taqdim etishdi. Xususan, so‘zana namunalari, milliy liboslardan atlas, adras, baxmal (duxoba), do‘ppi, salla, to‘n hamda milliy ranglar ila bezatilgan choynak, lagan, kosa va piyolalar namoyish etildi. 

O‘zbekiston harbiy vakillari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar, jumladan, osh, no‘xat sho‘rva, hasip, do‘lma, manti, shashlik, xonim, lag‘mon, somsa, chak-chak, qatlama, non, ko‘k choy, ayron va o‘rik sharbati barcha mehmonlar tomonidan tatib ko‘rildi va ularning betakror va ajoyib ta’mi juda yuqori baholandi.

Ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan milliy liboslar kiygan hamyurtlarimizning ishtiroki tadbirga yanada o‘zgacha bayramona shukuh bag‘ishladi. Milliy qadriyatlarimiz chet elda bu kabi yuqori miqyosdagi millatlararo tadbirlarda namoyish etilishi, shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan davlatimizga berilgan yuqori baho kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga munosib sovg‘a bo‘ldi.

“Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” harbiy medali eskizi muallifi mayor E. Alievning nafaqat O‘zbekistonni, balki butun Markaziy Osiyoni ifodalaydigan va keng ma’noda urf-odatlari va qadriyatlarini ochib beradigan asari o‘zbek ekspozitsiyasiga yanada rang-baranglik tuhfa etdi.

Tadbir ishtirokchilarning butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi hamjihat harakatlari davlatlarning o‘z maqsadiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

O‘zbek harbiylarining tadbir doirasidagi faolligi AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.