Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda suv toshqini va bo‘ron qurbonlari 13 kishiga yetdi
11:13 / 2025-02-18

AQSHda yuz berayotgan suv toshqini va bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat G‘arbiy Virjiniyada bir nafar, Kentukki shtatida esa 11 odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Jorjiya fuqarosi o‘z uyida bo‘ron ta’sirida qulagan daraxt bosib qolib, jon bergan.

G‘arbiy Virjiniya gubernatori Patrik Morris jurnalistlarga suv toshqinidan keyin shtatning ko‘plab hududlari aholisi bilan bog‘lanib bo‘lmayotganini aytgan.

Kentukki gubernatori Endi Besher bayonot berishicha, favqulodda xizmatlar mingdan ortiq insonni qutqargan.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari kuchli yog‘ingarchilik tufayli ayrim shtatlarda suv toshqini kuzatildi. Nyu-Yorkdan Alabamagacha kamida 700 000 uy, biznes markazi va boshqa binolar yomg‘ir, shamol va toshqin tufayli elektr ta’minotidan uzilgan.

Mazkur hududlarda favqulodda holat e’lon qilingan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.