Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan maktab ochildi
16:44 / 2026-02-02

Amerika Qo‘shma Shtatlarida “Alpha School” nomli yangi xususiy maktablar tarmog‘i faoliyat boshladi. An’anaviy tizimdan keskin farq qiladigan bunday ta’lim muassasalarida doimiy ishlaydigan o‘qituvchi yo‘q, odatiy tartibda uyga vazifa ham berilmaydi. Dars faqat raqamli platforma orqali sun’iy intellekt boti yordamida o‘tiladi.

O‘quvchi har kuni atigi ikki soat davomida matematika, til, tarix va bir necha tabiiy fanlardan iborat asosiy bilimlarni o‘zlashtiradi. Qolgan vaqtni hayotiy va amaliy ko‘nikmani rivojlantirishga bag‘ishlaydi.

Maktab binosida o‘g‘il-qizlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turuvchi maxsus gidlar yuradi. Raqamli texnologiya va amaliy mashg‘ulot uyg‘unligi, shuningdek sun’iy intellekt asosida individual yondashuv qo‘llanishi tahsilni yanada qisqa, samarali qiladi. Bir yillik saboq uchun to‘lov 65 000 dollar atrofida.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA