“AQSHda “Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘ini to‘xtatib qolish uchun imkon yo‘q”
“AQSHda “Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘ini to‘xtatib qolish uchun yetarlicha samarali vosita va imkonlar yo‘q”, dedi bolgar siyosatchisi, iqtisod fanlari doktori Nina Dyulgerova “Trud” gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, gaz quvurlarning yotqizilishi o‘z yakuniga yetkaziladi. “Amerikaliklar esa, muqobil variant taqdim etolmasliklari tufayli bu borada kuchsiz bo‘lib qoladi”, dedi tahlilchi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 noyabrda “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakuniga yetkazilishiga ishonchi komil ekanini aytgandi.