AQSHda samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi
“United Airlines” aviakompaniyasi samolyoti Denverdan Los-Anjelesga uchayotganda 11 kilometr balandlikda nomalum ob’ekt bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng ekipaj samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
- 1093-reys amalga oshirilayotgan pallada Solt-Leyk-Siti shahriga favqulodda qo‘nish amalga oshirildi, - deb yozgan gazeta.
Ta’kidlanishicha, hodisa payti old tomondan urilgan noma’lum jism oynaga jiddiy shikast yetkazgan. Hatto, zarba tufayli havo kemasi kapitani qo‘lidan jarohat ham olgan.
- Ba’zi onlayn kuzatuvchilar zarbaning fazoviy chiqindi yoki meteoritga tegishliligi ehtimolini ham taxmin qilmoqda, - deya qo‘shimcha izoh bergan nashr.
S.Rahimov, O‘zA