Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda rekord darajadagi “shatdaun” yakunlanishi mumkin (+video)
16:54 / 2025-11-11

AQSH Senati 11 noyabr kuni davlat ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan byudjet inqirozini tugatishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

CNN xabariga ko‘ra, hujjatni 60 senator qo‘llab-quvvatladi, 40 nafari qarshi chiqdi. Kelishuvga muvofiq, federal xizmatchilar ishga qaytariladi va ularning to‘lanmay qolgan maoshlari qoplanadi.  

Shatdaun AQSHda 41 kun davom etdi — bu mamlakat tarixidagi eng uzun to‘xtalish bo‘ldi. Muammo respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi byudjet masalasidagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan.  

Bu davrda taxminan 750 ming federal xizmatchi maosh olmasdan majburiy ta’tilga chiqarilgan, faqat zarur xizmatlar — politsiya, chegarachilar, tez yordam va aviatsiya nazorati ishlashda davom etgan.   

Xo‘sh “shatdaun” nima?   

“Shatdaun” bu AQSHda federal byudjet vaqtida tasdiqlanmaganda davlat idoralari faoliyatining vaqtincha to‘xtab qolishidir. Ya’ni, Kongress byudjetni tasdiqlamasa, davlat xizmatchilari vaqtincha ishga chiqmaydi yoki maosh ololmaydi.  

AQSH tarixida Shatdaun 5 marotaba sodir bo‘lgan. Qiziq tomoni esa ularning eng uzoq muddatli har ikkitasi Prezident Donald Tramp davriga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot uchun Trampning 1 chi Prezidentlik davridagi shatdaun 35 kun davom etgan edi.   

<iframe width="482" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/wxd7q6-nEeo" title="AQShda rekord darajadagi “shatdaun” yakunlanishi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nozimbek Mardonov, O‘zA