Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda Raytheon harbiy-sanoat kompaniyasi top-menejeri aviahalokatga uchradi
16:08 / 2023-04-07

Florida sohilida Amerikaning qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Raytheon kompaniyasi bosh menejeri aviahalokat qurboniga aylandi, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.

Avvalroq Meksika ko‘rfazida yengil motorli Piper PA-32 samolyoti qulab tushgani, ikki erkak va ikki ayol jasadi topilgani haqida ma’lum qilingan edi.  

Nashrning yozishicha, halok bo‘lganlarning biri dunyoga mashhur Raytheon harbiy-sanoat kompaniyasi direktori o‘rinbosari Jeff Lampkin, uning yonida rafiqasi ham bo‘lgan.  

Oilaviy juftlik Indiana shtatida yashagan. Ular do‘stlari bilan uchrashish uchun Floridadagi Venis shaharchasiga kelgan. Halokat samolyot uyga qaytayotganda yuz bergani aytilmoqda.