Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
​​AQSHda o‘zbekistonliklarning haqiqiy diasporasi paydo bo‘ldi
17:38 / 2024-03-02

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Hamroyev rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi 18-25-fevral kunlari xizmat safari bilan AQSHda bo‘ldi. Safar davomida mamlakat poytaxti va bir necha shtatlarida iqtisodiy, savdo, IT, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muloqot va taqdimotlar o‘tkazildi.

- Ana shu tadbirlarning qiziqarli, samarali bo‘lishini ta’minlashga munosib hissa qo‘shganligi, amerikalik sarmoyadorlarda Samarqand viloyati bilan hamkorlikka katta qiziqish uyg‘otganligi va viloyatimiz delegatsiyasiga e’tibori, hurmati uchun O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga, Amerikada yashayotgan samarqandliklarga va Buxoro yahudiylari kongressi faollariga chuqur minnatdorlik bildiraman, -- deb yozdi viloyat hokimi E.Turdimov hokimlik sahifasida. -- “THE BUKHARIAN TIMES” gazetasi jamoasiga esa, “Hamma yo‘llar Samarqandga eltadi” shiori ostida turkum maqolalar bilan delegatsiya faoliyatini keng yoritganligi, targ‘ibot qilganligi uchun alohida tashakkur aytmoqchiman.

Mamnuniyat bilan aytamanki, endilikda AQSHda o‘zbekistonliklarning haqiqiy diasporasi paydo bo‘ldi. Ular xorijda xalqimiz an’analariga rioya etgan holda ishlab, yashab, farzandlarini ham ana shu ruhda tarbiyalamoqdalar. Bu juda quvonarli holat. Chunki ular mashaqqatli mehnatlari, intellektual salohiyat evaziga daromad va obro‘ topib, Yangi O‘zbekistonning investorlariga aylanmoqdalar, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Mamlakat modernizatsiyasiga ko‘maklashishda vatandoshlarimizda ulkan salohiyat bor, shu sababli biz ularning jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida hamkorligini qo‘llab-quvvatlaymiz.  

Bularning barchasi hurmatli Shavkat Mirziyoyevning AQSHda bir guruh vatandoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarida bildirilgan fikrlariga hamohangligi barchamiz uchun quvonarli holdir.  

Amerikada istiqomat qilayotgan barcha samarqandliklarga va AQSHdagi do‘stlarimizga sihat-salomatlik tilayman, -- deb qayd etadi Erkinjon Turdimov.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri