Amerikalik ekomahsulot ishlab chiqaruvchilar noodatiy, bir martalik stakanchalar va qoshiqchalar ishlab chiqarishni boshladi.
Ularni qayta ishlash shart emas, foydalanib bo‘lgandan keyin yeb qo‘ysa bo‘laveradi.
Bunday idishlarni yaratish bilan bir yo‘la bir nechta kompaniya shug‘ullanmoqda. Ular o‘z ixtirolarini qog‘oz va yelim chiqindilarga qarshi innovatsion kurash doirasida amalga oshirmoqda. Quyida ushbu kompaniyalarning har biri nima bilan shug‘ullanayotgani keltirilgan:
• Incredible Eats — guruchdan qoshiq yaratmoqda, qoshiqlar vanil, shokolad, qora murch va Chili qalampiri ta’mini beradi;
• Good-edi — kofe uchun finjonlar ishlab chiqaradi, jo‘xoridan yasaladigan finjonlar iste’mol qilinganda shokolad ta’mini beradi;
• Sorbos — guruchdan trubkalar yaratmoqda va uni yesangiz albatta shokolad, qahva, qulupnay, limon, vanil, olma, imbir va dolchin ta’mlarini sezasiz;
• Biotrem — bug‘doy kepagidan taqsimchalar, oshxona jihozlari va chashkalar ishlab chiqarmoqda. Kompaniyadan ma’lum qilinishicha, bunday idishlarni ishlab chiqarish an’anaviy bir martalik idishlarni ishlab chiqarishdan anchayin murakkab.
Umuman olganda, yesa bo‘ladigan idishlar Amerikada anchadan buyon ishlab chiqariladi. Lekin ulardan boshda chiqindilarga qarshi kurash vositasi sifatida foydalanilar edi. Endi bunday idishlar faqat ekologik talab nuqtai nazaridan ishlab chiqarilmoqda.