Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda Oq uyni evakuatsiya qilish boʻyicha maxsus boʻlinma shakllantirildi
13:19 / 2020-04-17

AQSH hukumati koronavirus epidemiyasi sababli maxsus boʻlinma tashkil etdi.


AQSH hukumati koronavirus epidemiyasi sababli maxsus boʻlinma tashkil etdi. Boʻlinmaning oldiga qoʻyilgan vazifalaridan biri Vashingtondagi hukumatni evakuatsiya qilish ehtimolidir, deb xabar tarqatdi Newsweek jurnali.

Avvalroq poytaxt Kolumbiya okrugi meri Myuriel Bauzer koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish hodisasi ortib borayotgani uchun favqulodda holat tartibini yana bir oyga uzaytirgan edi. Ayni paytda Vashingtonda koronavirus tarqalishi tezlashishi va natijada hukumat faoliyat koʻrsata olmay qolishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Nashrning yozishicha, poytaxt okrugining birlashgan maxsus boʻlinmasi tarkibi 10 ming harbiydan iborat boʻlib, u 16-martda tashkil etilgan. Bundan tashqari, AQSH poytaxtini turli yoʻnalishdan keladigan ehtimoliy hujumlardan himoya qilish uchun mazkur boʻlinma nafaqat Oq uyni, balki boshqa muhim davlat idoralarini ham xavfsiz joyga koʻchirishga tayyor turishi lozim.

Maqolada taʼkidlanishicha, maxsus boʻlinma evakuatsiya qilish uchun allaqachon 106 aviatsiya batalyoniga qarashli Blackhawk vertolyotlari bilan taʼminlangan. Mazkur boʻlinma zobitlarining maʼlum qilinishicha, hozirda shoshilinch evakuatsiya qilishning kompleks rejasi oʻrganib chiqilmoqda, ushbu rejani ishlab chiqishda Pentagon rahbariyati ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda. Hukumat aʼzolarini evakuatsiya qilish tartiblari Atlas deb nomlangan qoʻshimcha protokolda batafsil qayd etilgan, bunday tashqari, koʻchirishning boshqa maxfiy ssenariylari ham mavjud ekani aytilmoqda.

AQSH COVID-19 yuqtirganlar va qurbon boʻlganlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda bormoqda. Payshanba kuni mamlakatda 654 ming kishi koronavirusga chalingani maʼlum qilindi. Pandemiya hozirgacha 31 ming amerikaliklarning yostigʻini quritdi.