English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda Navro‘z bayrami nishonlandi
12:45 / 2023-03-15

Navro‘z xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha-tasavvurlari, qadriyatlari mujassam, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayramdir.

AQSHning Pittsburg universitetida O‘zbekistonlik talabalarning tashabbusi bilan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘zbek milliy taomlari ulashildi.

–  Men ushbu universitetda ta’lim olaman, – deydi 2-bosqich magistranti Jasurbek Qaynarbekov. – Universitet jamoasi o‘rtasida Navro‘z bayrami munosabati bilan taqdimot tadbirining o‘tkazilishi mamlakatimizning turizm salohiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan umiddaman.Osh, ko‘k somsa kabi o‘zbek milliy taomlari xorijlik talabalarning e’tiborini tortib, qiziqishlarini oshirdi.

Shuningdek, tadbir davomida xorijlik talabalar o‘zbek tilida Navro‘z tabrigini yo‘lladi.

 

O‘zA