Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda mashina ichida sakkiz soat qolib ketgan go‘dak nobud bo‘ldi
14:17 / 2023-08-03

“CBS News” telekanali Long-Aylend okrugi politsiya xodimiga tayanib yozishicha, bir yoshli qizchani buvisi jazirama quyosh ostida, mashina ichida qoldirgan.

“Go‘dak dushanba kuni qizigan mashina ichida sakkiz soat qolib ketgach, vafot etdi”, – deyiladi xabarda.  

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 54 yoshli buvi 14 oylik qizchani bolalar bog‘chasiga olib borishni unutib, ishga jo‘nab ketgan, bola mashina orqa o‘rindig‘ida qolgan. Ayol sakkiz soatdan keyin bolani bog‘chadan olaman, deb borganda, uni mashinada unutib qoldirganini eslagan.  

Shundan so‘ng, go‘dak Smittaun shahri tibbiyot markaziga olib borilgan. Shifokorlar qizcha nobud bo‘lganini tasdiqlagan.  

Milliy xavfsizlik kengashi ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda har yili, taxminan, 40 nafar bola avtomobilda qamalib, issiq urishi oqibatida qurbon bo‘ladi. Ko‘pincha, ota-ona yoki enaga bola mashinada ekanini unutadi.  

O‘zA