French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda ishsizlik nafaqasi uchun topshirilgan arizalar soni sezilarli darajada kamaydi
10:13 / 2022-02-04

Ishsizlik nafaqasini olishga ariza bergan amerikaliklar soni o‘tgan haftada kutilganidan sezilarli tarzda kamaydi.

Tahlilchilar bandlik surati pasayishi vaqtinchalik holat bo‘lganini qayd etmoqda, deb xabar beradi “Reuters” agentligi.

AQSH mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, keyingi vaqtda ishsizlik nafaqasi uchun arizalar 23 mingtaga kamaydi va umumiy hisobda 238 mingni tashkil qilib turibdi. “Reuters” so‘rovida iqtisodchilar bu miqdor 245 ming bo‘lishini taxmin qilgan edi.

Ta’kidlash joiz, arizalar miqdori pandemiyadan oldingi davrda – haftasiga 220 mingta bo‘lgan ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSHda inflyatsiya 7 foizga oshgani, bu esa keyingi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani aytilgandi.