Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda ikkita vertolyot to‘qnashib ketdi
18:52 / 2025-12-29

Yakshanba kuni AQSH Nyu-Jersi shtatining Hammonton shahrida ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikkinchi uchuvchi esa og‘ir tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda “NBC” telekanali.

Ta’kidlanishicha, og‘ir zarbli to‘qnashuv natijasida ikkala uchoq ham halokatga uchragan, ulardan biri yonib ketgan.

Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv Hammonton aeroporti yaqinida “Enstrom F-28A” va “Enstrom 280 °C” vertolyotlari o‘rtasida yuz bergan. Har bir vertolyotda faqat uchuvchilar bo‘lgan. 

G.Sattorova, O‘zA