Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda hokimiyatni Baydenga topshirish jarayonini boshlash sharti e’lon qilindi
17:33 / 2020-11-10

Amerikada hokimiyatni Jo Baydenga topshirish jarayoni, AQSH umumiy xizmat boshqarmasi (GSA) shunday qaror qabul qilgandan keyin boshlanadi.

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbarining vaqtinchalik o‘rinbosari Jon Barsa shu haqda norasmiy tarzda ma’lum qildi, deb xabar berdi CNBC telekanali.

Avvalroq Politico gazetasi AQSH umumiy xizmat boshqarmasi rahbari Emili Merfi rasmiyatchilikka amal qilmayotgani va prezident saylovida Baydenning g‘alabasini tan olishdan bosh tortayotganini yozgan edi.  

Baydenning yangi shtabi ushbu muassasaga qaror qabul qilish uchun vaqt berilgani, lekin yakshanba kuni GSAga bosimni kuchaytirganini ma’lum qilgan.  

Agar Merfi Baydenning g‘alabasini tasdiqlamasa, uning komandasi hukumat mablag‘idan foydalanishga ruxsat ololmaydi. Ekspertlarning fikricha, vaqtni bu tarzda cho‘zish Baydenning rejalarini amalga oshirishga xalaqit berishi mumkin.

AQSH qonuni bo‘yicha saylangan prezident 2021 yil 20 yanvarda o‘z lavozimini bajarishga kirishadi.