Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda Google kompaniyasining data-markazida halokat ro‘y berdi
16:54 / 2022-08-09

Hodisa Ayova shtatining Kaunsil-Blaffs shahridagi Google kompaniyasining data-markazida elektr uzatish tarmog‘i bilan bog‘liq muammo sababli yuz bergani aytilmoqda.

KITV telekanalining tezkor yordam xizmati bergan ma’lumotlarga tayanib yozishicha, uch kishi qattiq jarohatlangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, uch kishi og‘ir kuyish natijasida Nebraska shtatidagi tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Voqeaning sabablari haqida to‘liq ma’lum qilinmagan.

Avvalroq ommaviy internet-resurslar faoliyatini kuzatib boradigan Downdetector ("Daundetektor") servisi ham Google servislarida keng ko‘lamli uzilishlar bo‘layotgani haqida ma’lum qilgandi. O‘shanda shikoyatlarning asosiy qismi qidiruv tizimlarida kuzatilayotgani ta’kidlangandi.