Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda COVID-19 vaksinasidan o‘n bola vafot etdi
10:33 / 2025-11-30

AQSHda COVID-19 vaksinasi olgan o‘n nafar go‘dak hayotdan ko‘z yumdi, deb yozgan “New York Times” AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) eslatmasiga tayanib.

- Tergov natijasiga ko‘ra, kamida 10 bola emlanishdan “keyin" yoki vaksina "ta’sirida” vafot etgan, deya ta’kidlaydi nashr.

O‘lim holatlarining bevosita sababi yurak mushaklari yallig‘lanishi bo‘lgani aytilmoqda. Hujjatda bolalarning yoshi yoki sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa muammolari haqida tafsilot berilmagan. Gazeta yozishicha, vaksina ishlab chiqaruvchisi ham aniqlanmagan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp ilgari farmatsevtika kompaniyalari koronavirusni davolash samaradorligi haqida ma’lumot e’lon qilishi shartligini aytib, jamoatchilik haqiqatni bilishga haqli ekanini ta’kidlagan edi.

S.Rahimov, O‘zA