Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda COVID-19 tufayli ish oʻrnini yoʻqotganlar hozirdanoq ish qidirishni boshlashi kerak
13:35 / 2020-05-02

30-aprelda AQSHda ishsizlik boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, mamlakatda ishsizlik nafaqasini olayotganlar soni 18 millionga yetib, bu borada navbatdagi rekord oʻrnatilgan.


Mehnat bozorida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli ZipRecruiter ishga yollash onlayn maydonchasi mutaxassisi Juliya Pollakning fikricha, Amerikada ish oʻrinlarini yoʻqotganlarning uchdan biri karantin bekor qilingandan keyin ham ishxonalariga qayta olmaydi, ular ish qidirishni hozirdanoq boshlashi kerak.

30-aprelda AQSHda ishsizlik boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, mamlakatda ishsizlik nafaqasini olayotganlar soni 18 millionga yetib, bu borada navbatdagi rekord oʻrnatilgan.

“Bizning hisob-kitobimizcha, hozir karantin tufayli vaqtincha ishga borolmay uyda oʻtirganlarning 30 foizini butunlay ishdan boʻshatilgan, deb hisoblash mumkin. Chunki koronavirus pandemiyasi tufayli bir qator bizneslar qayta ochilmaydi yoki ochilganda ham, xarajatlarini uzoq muddatga sezilarli ravishda qisqartiradi. Shunday ekan millionlab odamlar uchun yangi ish oʻrinlari kerak boʻladi. Mehnat bozoridagi algʻov-dalgʻovliklar uzoq muddatga choʻzilishi mumkin“, — deydi u RIA Novostiga bergan intervyusida.

Pollakning maʼumotiga koʻra, vakansiyaga qoʻyilayotgan 30 ta kasb boʻyicha eʼlonlar berilishi keskin tushib ketgan. Ushbu roʻyxatni limuzin yoki taksi haydovchilari boshqarib turibdi. Ularga boʻlgan talab 82 foizga tushib ketgan. Undan keyin xodim bilan ishlash boʻyicha maslahatchilar, koʻcha sotuvchilari, bank xizmatchilari bormoqda. Shuningdek, enaga va fizioterapevtlar, shef-oshpaz va ofitsiantlar, har xil yordamchilar va kompaniyalarda ishni endi boshlayotganlarga ham talab pasaygan.

Ammo baʼzi sohalarda xodimlarga talab keskin oshgani ham kuzatilmoqda. Masalan, onlayn sotuvchilarga talab 555 foiz, omborxona xodimlariga 233 foiz, tirkamali yuk mashinasi haydovchilariga 182 foiz, yetkazib berish xizmatiga 170 foiz oshgani qayd etildi.

“Umuman olganda, elektron savdoda faoliyat yuritayotgan ayrim kompaniyalar, onlayn koʻngilochar kompaniyalar, masofaviy ishlar boʻyicha softni yaratuvchilar, oziq ovqat doʻkonlari, dorixonalar, uyda mashgʻulot oʻtkazadigan kompaniyalar va yetkazib berish xizmati ishchi yollashni kengaytirmoqda“, — deydi Pollak.

Bu koʻpchilik odamlar uyda ishlayotganini va mahsulotlarni uyga yetkazishga buyurtma berayotganini koʻrsatmoqda. Masalan, Amazon kompaniyasi yana 175 ming yangi xodimni ishga olmoqchi, Facebook esa qoʻshimcha ravishda yana 10 ming kishini ishga taklif etmoqda. Uning taʼkidlashicha, aksariyat kompaniyalar xodimlarining uyda ishlashiga imkon yaratib berishga moslashmoqda. Koʻplab kompaniyalar bu borada zarur boʻlgan mexanizmlarni allaqachon ishlab chiqishgan.

“Uyda turib ishlash taklifini berayotganlar soni fevral oyi oʻrtalarida 800 foizga ortgan“, — deya taʼkidlaydi ekspert.

Pollakning tavsiyasiga koʻra, ish oʻrnini yoʻqotganlar pandemiya qachon tugaydi deb kutib oʻtirmasdan, hozirdanoq ish qidirishni boshlashi kerak, chunki takliflar oz va maqbul vakansiyani topish hozir qiyinlashgan.