Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda COVID-19 tarqalishining kunlik ko‘rsatkichi bo‘yicha yana rekord qayd etildi
10:00 / 2022-01-11

AQSHda bir kunda COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq kamida 1,13 millionta holat aniqlandi, deb yozmoqda Reuters agentligi.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu raqam yangi jahon rekordi hisoblanadi. Shu bilan birga, xabarda aytiladiki,  bu raqam yakuniy ko‘rsatkich bo‘lmasligi, virus yuqtirganlar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki AQSHning barcha shtati ham ma’lumotlarni e’lon qilishga ulgurgani yo‘q.

Agentlik olib borgan statistikaga ko‘ra, koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar soni bir kunda 135 ming  500 kishiga yetgan, ya’ni bu borada ham rekord ko‘rsatkichi qayd etilgan.

AQSHda avvalgi rekord yanvar boshida kuzatilgan edi. O‘shanda bir kunda bir milliondan ziyod kishida koronavirus aniqlangandi.

Jons Xopkins institutining hisob-kitobicha, AQSHda shu kungacha koronavirus bilan kasallanganlar soni jami 60 million kishiga yetdi. 837 ming bemor virus qurboni bo‘ldi.