Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda bug‘ularda koronavirus aniqlandi, Yevropa chegarani yopish harakatida
15:51 / 2021-08-30

AQSHning Ogayo shtatida bug‘ularda koronavirusning ilk holatlari aniqlangan.

 Mutaxassislarning aytishicha, kasallik yuqtirgan bug‘ularda hozircha klinik belgilar yo‘q.  

Yevropa Ittifoqi AQSH uchun chegarani yopmoqchi va ushbu mamlakatdan keluvchilarning kirishiga cheklov o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

 Qolaversa, Isroil, Chernogoriya, Livan, Shimoliy Makedoniya va Kosovo davlatlarining ham Yevropaga kirishi cheklanishi mumkin. Mazkur qaror bugundan kuchga kiradi, buning uchun YeIning biron-bir mamlakati e’tiroz bildirmasligi kerak.

Buyuk Britaniyada virusning “delta” shtammi keng tarqalmoqda. Kasalxonaga yotqizilayotgan bemorlar soni ikki baravar oshgan. Ushbu turdagi virus bilan kasallanganlarning reanimatsiyaga tushish xavfi 1,5 barobar yuqori.

Bu haqda Lancet Infectious Diseses jurnalida chop etilgan maqolada xabar qilingan. “Mamlakatda infeksiya va kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytirish uchun aholini to‘liq emlash kerak”, deyishmoqda shifokorlar.