Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda bir oy ichida uchinchi otishma roʻy berdi. Texasdagi hodisada besh kishi vafot etgan
12:04 / 2019-09-01

Yana bir otishma voqeasi shanba kuni AQSHda yuz berdi.


Yana bir otishma voqeasi shanba kuni AQSHda yuz berdi. Texasning gʻarbidagi Odessa va Midland shaharlarida sodir boʻlgan hodisa oqibatida kamida besh kishi halok boʻldi va 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqida TASS xabar bermoqda. Oʻqqa tutgan shaxs politsiya bilan otishmadan soʻng halok boʻlgan. Uning shaxsi aniqlanmoqda.

Bu birgina avgust oyida Texasdagi ikkinchi va AQSHdagi uchinchi otishma boʻldi. Shunisi qiziqki, ushbu shtatda 1-sentyabrdan oʻqotar qurollarni nazorat qilish qoidalarini yumshatish toʻgʻrisida qonun kuchga kiradi.

Koʻp shunga oʻxshash fojialardan farqli oʻlaroq, Midland va Odessa shaharlari oʻrtasida sodir boʻlgan ommaviy otishma ataylab qilinmagan va rejalashtirilmagan. Odessa politsiyasi boshligʻi Maykl Gerkening soʻzlariga koʻra, barchasi mahalliy vaqt bilan soat 15: 17da politsiya xodimi yoʻlda tekshiruv oʻtkazayotgan vaqtda “ Honda ” rusumli avtomashinani toʻxtatganida boshlangan. Jinoyat sabablari oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avgust boshida fojiali yakun topgan bir nechta otishmalar yuz bergandi. 3-avgust kuni Texasning El-Paso shahridagi Cielo Vista savdo markazidagi Walmart doʻkonida jinoyatchining tashrif buyuruvchilarga qarata oʻt ochishi oqibatida 22 kishi halok boʻlgandi.

4-avgustga oʻtar kechasi esa Daytonning (Ogayo shtati) markazida otishma yuz berishi oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi va 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Voqealar rivojiga qarab, mamlakatda qurol aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun koʻrilayotgan choralar samaradorligi haqidagi munozaralar avj olmoqda.