Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda 9 oy davomida 1300 dan ortiq bola qurolli hodisa qurboni bo‘ldi
11:25 / 2023-10-05

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yuz beradigan qurolli hodisalar haqida ma’lumot to‘playdigan “Gun Violence Archive” qayd etishicha, yil boshidan buyon mamlakatda qurolli zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni 1324 nafarga yetdi.

Achinarlisi, bu ko‘rsatkich 2019 yildan 2021 yilgacha 50 foiz oshgan va 18 yoshgacha bolalar bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalariga nisbatan ko‘paygan.

Qurolli hujum natijasida halok bo‘lgan 1324 bolaning 1096 nafari 12-17 yoshda, 230 nafari esa 11 yoshgacha edi. O‘tgan 9 oyda qurolli hujum natijasida 18 yoshgacha bo‘lgan jami 3570 bola tan jarohati olgan.