Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda 48 yildan buyon nohaq qamoqda o‘tirgan fuqaro ozod etildi
11:28 / 2023-12-21

Amerikaning Oklaxoma shtati sudi qilmagan qotilligi uchun ayblanib, 48 yildan buyon nohaq turmada saqlangan kishini oqladi, deb xabar tarqatdi “NBC News” telekanali.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisa AQSH tarixida ayblov bekor qilingan eng uzoq muddatli qamoq jazosi hisoblanadi. Bu yerda gap 71 yoshli Glinn Simmons haqida boryapti.

“Aniq va ishonchli dalillarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, qotillik uchun hukm qilingan va turmaga tashlangan Simmons, aslida, jinoyat sodir etmagan” – deyiladi hakam Emi Palumbo chiqargan qarorda.

Dastlab “jinoyatchi”ga o‘lim jazosi tayinlangan, biroq keyinroq hukm umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan. So‘nggi qaror Simmonsga yo‘l qo‘yilgan xato uchun shtatdan 175 ming dollar tovon puli undirish huquqini beradi.