English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda 36 ta mamlakat vakillari xakerlarni javobgarlikka tortish choralarini muhokama qildi
15:54 / 2022-11-02

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan 36 ta mamlakat vakillari ishtirokidagi uchrashuvda kiberjinoyatchilik, unga qarshi kurash, mazkur sohada yuzaga kelayotgan xavflar bo‘yicha axborot almashish hamda xakerlarni javobgarlikka tortish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv qatnashchilari tadbir yakunida qo‘shma bayonot qabul qildi, deb xabar tarqatdi Oq uy matbuot xizmati. Uchrashuv 31 oktyabrda boshlangan va 1 noyabrda nihoyasiga yetgan. Unga Yevrokomissiya vakillari alohida taklif etilgan. Ushbu uchrashuvning avvalgisi ham o‘tgan yili Vashingtonda bo‘lib o‘tgan edi.

Ishtirokchilar qabul qilgan qo‘shma bayonotda keltirilishicha, barcha vakillar virus-tovlamachilarga jamoaviy qarshi turishni ma’qullagan. Davlat hukumatlari “xakerlarni javobgarlikka tortish” hamda ularni “xavfsiz boshpanadan” mahrum qilish maqsadida choralar qabul qilish niyatida.

Xakerlarga qarshi kurash mavzusidagi ilk uchrashuv 2021 yil oktyabrda Vashingtonda onlayn-formatda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda 30 ga yaqin mamlakat qatnashgandi. Ushbu uchrashuvda kiberjinoyatchilikning oldini olish, xakerlarni javobgarlikka tortish, shuningdek, ularning kriptovalyutada tovon puli undirishga bo‘lgan urinishlariga chek qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

Mazkur uchrashuvda ishtirok etgan davlatlar o‘z hududlarida kiberjinoyatchilik faoliyatining oldini olish uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olgani aytilmoqda. Bundan tashqari, ular qolgan mamlakatlarni ham shunday choralarni ko‘rishga chaqirgan.