Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda 16 yoshga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi taqiqlanishi mumkin
11:05 / 2023-02-03

AQSH vakillar palatasi a’zosi, respublikachilar partiyasi vakili Kris Styuart 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ruhiy salomatligini mahofaza qilish maqsadida ularning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

"Millatimiz bolalari salomatligi ruhiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Shu bios men 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini tayyorladim", – deyiladi siyosatchining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan bayonotida.  

Styuartning qo‘shimcha qilishicha,  avval hech qachon hozirgidek “tajang, tashvishli, o‘z joniga qasd qiladigan" avlod bo‘lmagan.  

"Bizning vazifamiz ularni muammolar ildizi bo‘lgan ijtimoiy mediadan himoya qilish", - deydi u.