Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda 11 sentyabrda amalga oshirilgan terrorchilik ishi bo‘yicha sud bir yildan keyin boshlanadi
10:18 / 2021-09-14

AQSHda 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan teraktni tayyorlashda gumon qilingan besh kishining ustidan sud bir yildan keyin boshlanadi, dedi sud raisi podpolkovnik Mettyu Makkoll.

New York Times gazetasining yozishicha, hakam  "sud jarayonining boshlanishiga bir yil qoldi", - degan.

Mazkur ish bo‘yicha besh kishi sud qilinmoqda. Asosiy aybdor – Pokiston fuqarosi Xolid Shayx Muhammad. U 2001 yil  11 sentyabrda  AQSHda uyushtirilgan qo‘poruvchilikni tayyorlashdagi asosiy gumondor hisoblanadi.

 Xolid Shayx Muhammad  va boshqa gumondorlar 2002 va  2003 yillarda hibsga olingan edi. ular MRB qamoqxonalariga keltirilgandan keyin Kuba orolidagi AQSHning Guantanamo harbiy bazasiga o‘tkazilgan. Jarayonning qachon rasman boshlanishi hali e’lon qilingani yo‘q, lekin u kelasi yil apreldan keyin bo‘lishi kutilmoqda.

2001 yil 11 sentyabrda terrorchilar egallab olgan ikkita yo‘lovchi samolyot Nyu-York shahridagi Jahon savdo markazi joylashgan osmonupar egizak binoga kelib o‘rildi va binoni butunlay vayron qildi. Terrorchilar boshqarayotgan yana bir samolyot Vashingtondagi AQSH mudofaa vazirligi binosiga borib urildi. To‘rtinchi samolyot Pittsburg shahri yaqiniga qulagan.  

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar hujumi natijasida Nyu-Yorkda 2 ming 749 kishi,  Vashingtonda  189 kishi, Pensilvaniyada  44 kishi halok bo‘lgan.