English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Zelenskiyning iltimosiga ijobiy javob bermaganini izohladi
21:25 / 2022-03-08

AQSH Rossiya bilan munosabatda RF armiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangovar aloqadan qochish strategiyasiga amal qiladi.

Shuning uchun Oq uy Ukraina hududi ustidan parvozni taqiqlovchi hudud joriy etishga rozi bo‘lmaydi, dedi Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq agenti Den Xoffman. “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu strategiya sovuq urush yillarida qabul qilingan va Qo‘shma Shtatlar uchun hamon amalda. Shu sababli Vashington Vladimir Zelenskiyning Ukraina osmonida parvozni taqiqlovchi hudud hosil qilish haqidagi iltimosiga ijobiy javob bera olmaydi.
“Agar shunday zona joriy etilsa va Qo‘shma Shtatlar ushbu qoidaga rioya qilsa, u holda Rossiya va Amerika samolyotlari o‘rtasida ochiq jang bo‘lishi xavfi tug‘iladi”, — deya qo‘shimcha qildi harbiy mutaxassis.
Avvalroq Zelenskiy G‘arb yetakchilarini bir necha bor Ukraina uzra parvoz taqiqlangan hudud joriy etishga chaqirgandi. Pentagon vakili, javoban, ayni masala, hatto, muhokama ham qilinmaganini aytdi. Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostinning qayd etishicha, bunday qaror AQSH va Rossiya o‘rtasida harbiy mojaroga sabab bo‘lishi mumkin. Zelenskiyning taklifiga amerikalik senatorlar ham qarshi chiqdi.
Prezident Vladimir Putin esa Rossiya har qanday davlatning Ukraina uzra parvozni taqiqlash hududini joriy etish to‘g‘risidagi qarorini qurolli mojaroda ishtirok etish, deb hisblashini ta’kidladi.