AQSH Zelenskiyni Lvovga ko‘chib o‘tishga undamoqda
AQSH prezidenti ma’muriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Lvovga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda, deb xabar tarqatdi ABC telekanali rasmiy manbalarga tayanib.
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu chora Ukraina yetakchisining xavfsizligi uchun zarur hisoblanadi.
So‘nggi kunlari Donbassda vaziyat yanada keskinlashdi. Kiyev Donbass bilan chegara chizig‘iga katta qo‘shinlarini olib kelgan va doimiy ravishda Donetsk bilan Luganskni o‘qqa tutmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar borligi aytilmoqda. Ukrainaning LXR va DXRga bostirib kirish tahdidb tufayli ayollar, bolalar va keksa yoshdagilar Rossiya hududiga ko‘chirila boshlandi, shuningdek, ommaviy chaqiriq e’lon qilingan.
Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, LXR va DXR mustaqilligini zudlik bilan tan olish zarur, deb hisoblashini ma’lum qildi. Shundan keyin davlat rahbari tegishli farmonni imzolagan.