Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH yuqori tarifni kechiktirdi
11:42 / 2025-07-08

Donald Tramp 14 davlat, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyaga maktub yo‘llab, mamlakat importiga yuqori boj joriy etish rasman kechiktirilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda BBC. Yuqori tarif 9 iyuldan kuchga kirishi kerak edi.

AQSH Prezidenti bu ikki davlatdan kirib keluvchi mahsulotlarga 25 foiz soliq solinishini aytib, yana bir bor tahdid qildi.

Tokio o‘tgan yil Qo‘shma Shtatlarga jami 148 milliard dollarlik mahsulot yuborib, Yevropa Ittifoqi, Meksika, Xitoy va Kanadadan keyin Amerikaning beshinchi yirik importchisiga aylandi. Seul esa kuchli o‘nlikka kirgan.

Bundan tashqari Myanma va Laosga 40, Tailand va Kambojaga 36, Serbiya va Bangladeshga 35, Indoneziyaga 32, Janubiy Afrikaga 30, Malayziya va Tunis tovarlariga 36 foiz boj qo‘yish ehtimoli mavjud.

Musulmon Ziyo, O‘zA