French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuch yubormoqda
12:22 / 2026-03-05

AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset 4-mart kuni Pentagonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yaqin Sharqdagi harbiy faollik kuchaytirilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mintaqaga qo‘shimcha harbiy aviatsiya qurilmalari yuborila boshlagan.

Ya’ni, AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy amaliyot hozir boshlang‘ich bosqichda, kelgusida operatsiya ko‘lami yanada kengaytirilishi mumkin.

Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, sur’at pasaytirilmaydi, aksincha yanada jadallashtiriladi. Shu maqsadda Yaqin Sharqqa qo‘shimcha bombardimonchi va qiruvchi samolyotlar jo‘natlyapti. Mulozim Amerika armiyasi ixtiyorida 226 kg, 453 kg va 900 kilogrammlik yuqori aniqlikda uchadigan aviatsiya bombalari ulkan zaxirasi mavjudligini ham ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, AQSH va Isroil harbiy-havo kuchlari zarurat tug‘ilganda nishonga uzluksiz zarba berish imkoniga ega.

- Biz sekinlashayotganimiz yo‘q, aksincha operatsiyani yanada kuchaytiryapmiz, - degan Pit Xegset jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA