AQSH Yaqin Sharqqa kamikadze dronlarini joylashtirdi
3 dekabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Yaqin Sharqdagi ilk bor foydalaniladigan dronlar eskadroni asosini tashkil etuvchi zarba berish guruhi – “Task Force Scorpion Strike (TFSS)” tuzilganini e’lon qildi.
Mazkur yangi guruh allaqachon “LUCAS” ("Low-cost Unmanned Combat Attack System" - Arzon uchuvchisiz jangovar hujum tizimi) dronlaridan iborat eskadron tuzgan. Qurilmalar hozir Amerikaning Yaqin Sharqdagi bazasiga joylashtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA