AQSH yana bir bombardimonchi samolyotini takomillashtiradi
AQSH mudofaa vazirligi “Northrop Grumman” harbiy sanoat korporatsiyasi bilan B-2 strategik bombardimonchi samolyotini modernizatsiya qilish uchun 7 milliard dollarlik shartnoma tuzdi.
Pentagon e’lon qilgan hisobotda aytilishicha, mazkur kelishuv modernizatsiyalash, texnik xizmat ko‘rsatish, logistika, muhandislik va dasturiy ta’minot, shuningdek yordamchi texnik vositalarni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Shartnomaning bajarilish muddati sifatida 2029-yil 3-may ko‘rsatilgan.