AQSH yadro qurolining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini o‘rganadi
AQSH Mudofaa vazirligi mahalliy kompaniyalardan biri bilan yadro qurolining qishloq xo‘jaligi sohasiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot olib borish yuzasidan kelishib oldi. “RIA Novosti” Pentagon hujjatlariga tayanib shunday yozdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “AQSH armiyasi muhandislar korpusi yagona pudratchi bilan “yadro qurolining qishloq xo‘jaligi tizimiga ta’sirini modellashtirishga qaratilgan faol tadqiqot dasturlari ishlab chiqish” bo‘yicha shartnoma tuzgan.
Pudratchi fermalarni vayron qiladigan global yadro urushi holatini simulyatsiya qilish uchun xodimlar, asbob-uskuna, jihoz va boshqa resurslar bilan ta’minlaydi. Ish xuddi shunday vaziyatni qayta tiklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minot yordamida amalga oshiriladi.
Shartnomaning taxminiy qiymati 34 million dollarligi aytilgan.