Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xitoyning harbiy-yadroviy ishlanmalaridan xavotirda
12:56 / 2023-08-17

Pentagon Ctrategik boshqaruv qo‘mondonligi rahbari Entoni Kotton ta’kidlashicha, amerikaliklarni Xitoyning harbiy-yadroviy ishlanmalari xavotirga solmoqda. Mamlakat bu borada AQSH va Rossiyaning ko‘p yillik tajribasiga tayanishi mumkin.

Kotton OAV uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xitoy yadro quroliga ega ikki qudratli mamlakatda ishlab chiqilgan yoki modernizatsiya qilinayotgan tizimning salmoqli qismini o‘zi yaratish imkoniga ega, degan fikrni bildirdi.

U “Xitoyning aynan qaysi yadroviy tizimi Pentagonni xavotirga soladi? mazmunidagi savolga “Hammasi”, – deya javob bergan.

– Biz 70 yildan buyon shug‘ullanib kelyapmiz, ular esa oppoq qog‘ozdan boshlash mumkin, deb o‘ylashadi va ishlanmalarning eng zo‘rini olishadi, – deya qo‘shimcha qilgan general. – Masalan, xitoyliklar biz yaratayotgan ko‘pgina tizimlarni yarata oladi.

 O‘zA