AQSH Xitoyni Ukraina mojarosida Rossiya tarafini olayotganlikda aybladi
AQSH Xitoyning Ukraina mojarosida betaraf ekani haqidagi bayonotiga ishonmaydi va u Rossiya tarafini olayapti, deb hisoblaydi, deya bayonot berdi davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays.
"XXR o‘z tanlovini qilib bo‘lgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga uch oydan oshdi. Xitoy u yerda yuz berayotgan kulfatlar, insonlarning qurbon bo‘layotgani, global miqyosda oqibatlarga, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligiga putur yetkazilayotganiga qaramay, hali ham Rossiya tarafida bo‘lishni ma’qul ko‘rmoqda", – dedi u OAV uchun uyushtirilgan brifingda.
"XXR tomonidan betaraflik pozitsiyasi quruq bayonotdan boshqa narsa emas", – qo‘shimcha qildi Prays.