Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xitoyni rivojlanayotgan davlat maqomidan mahrum qilmoqchi
09:27 / 2023-03-29

AQSH Kongressining Vakillar palatasi Xitoyni xalqaro tashkilotlar va kelishuvlarda rivojlanayotgan davlat maqomidan mahrum etishga harakat qilmoqda. “Xitoy rivojlanayotgan mamlakat emas”, deb nomlangan qonun loyihasi quyi palatada 415 ovoz bilan ma’qullandi, deb xabar berdi “The Hill” nashri.

Qonun loyihasi Davlat kotibiga “XXRning maqomini rivojlanayotgan mamlakatdan o‘rta daromadli yoki yuqori daromadli mamlakatga yoxud AQSH va Xitoyni o‘z ichiga olgan barcha xalqaro tashkilotlarda rivojlangan davlatga aylantirishga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarni” amalga oshirish talabi qo‘yildi.  

Mazkur urinishlar qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar, AQSH Xitoyning “imtiyozli rejim”dan foydalanmasligi va “rivojlanayotgan davlat maqomi tufayli tashkiliy yordam” olmasligini ta’minlashi kerak, deydi qonunchilar.

Vakillar palatasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, AQSH hukumati Kongressga ushbu chora-tadbirlarning barchasini amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida hisobot berishi lozim.

“Xitoy iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha Amerikadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qo‘shma Shtatlar rivojlangan davlat, deb bilinadi, Xitoy bilan ham shunday bo‘lishi kerak”, dedi qonun loyihasi mualliflaridan biri Yang Kim.

Xitoy “xalqaro tashkilotlardan taraqqiyot yordami va kreditlar” olib, “rivojlanayotgan davlat maqomini suiiste’mol qilmoqda”, dedi u.

 

O‘zA