Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xitoydan Rossiyaga ko‘mak bermasligini talab qilmoqda
19:18 / 2022-03-12

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bergan bayonotga ko‘ra, sanksiyaviy bosim davomida Pekin Moskvaga ko‘mak berishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi yetkazilgan.

“Biz Rossiya ko‘rgan zararni kimdir orqali qoplashiga toqat qilmasligimizni Pekinga ma’lum qildik”, dedi Sallivan “CNN” kanali efirida.

 Ayni paytda, Sallivan Xitoy mazkur talabni bajarmagan taqdirda qanday chora ko‘rilishiga aniqlik kiritmagan. 

Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, Xitoy tegishli aloqa yo‘llari orqali Rossiyaga ko‘mak berish oqibatlaridan ogohlantirilgan.