Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xitoy va Lotinamerika kompaniyalariga qarshi yangi sanksiya joriy qildi
12:14 / 2021-12-16

AQSH chorshanba kuni Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan 25 nafar xususiy va yuridik shaxslarga qarshi yangi sanksiya mexanizmini ishga tushirdi, ular xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan, deb ma’lum qildi Oq uy ma’muriyati vakili jurnalistlar bilan uchrashuvda.

AQSH prezidenti Jo Baydenning shu haqdagi farmoni moliya vazirligiga taqdim etilgan.

"Bugun prezident yangi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, sanksiya mexanizmi yanada takomillashtiriladi va uning yordamida moliya vazirligi narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kuchaytirilgan choralar ko‘radi. Yangi sanksiya 25 kishiga – 10 nafar xususiy shaxs va 15 ta tuzilmaga qarshi qo‘llaniladi", – dedi Oq uy vakili telefon orqali o‘tkazilgan brifingda.

Sanksiya qo‘llanilayotgan shaxslarning besh nafari xitoylik bo‘lib, ular AQSH hududiga noqonuniy olib kirilgan fentanil yoki sintetik narkotiklar kontrabandasiga, yoki bo‘lmasa, fentanil ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan turli kimyoviy moddalar eksportiga aloqador". Xabarda ta’kidlanishicha, Wuhan Yuancheng Gongchuang Technology, Shanghai Fast-Fine Chemicals, Hebei Huanhao Biotechnology va Hebei Atun Trading kompaniyalari ham ushbu qora ro‘yxatdan joy olgan.

Davlat departamentidan ma’lum qilinishicha, taqiqlangan moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan xitoylik Ye Chuanfa degan shaxsni ushlab bergan yoki uning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lum qilgan kishiga 5 million dollar miqdorida mukofot taqdim etiladi.

Shuningdek, Kolumbiya, Meksika va Braziliya fuqarolari yoki tuzilmalari ham sanksiya ro‘yxatiga kiritilgani aytilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, AQSHda 2021 yil aprel oyigacha o‘tgan 12 oy ichida mamlakatda giyohvand moddalar iste’mol qilishdan 100 ming kishi qurbon bo‘lgan. "Bu shu vaqtgacha qayd qilingan eng yuqori raqamdir”, deydi vakil. “Baydenning yana bir farmoni transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha AQSH kengashini tashkil etishga tegishli bo‘ldi”, deyiladi Oq uy vakili bergan xabarda.